Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Vladivostokda mast o‘smir 11 avtomobilni vayron qildi
Rossiyaning Vladivostok shahrida mast o‘smir do‘stining mashinasini boshqarib, yirik yo‘l-transport hodisasini sodir etdi. U to‘xtatib qo‘yilgan 11ta mashinaga talofat yetkazdi. Bu haqda Primore o‘lkasi IIVB matbuot xizmati xabar qilmoqda.
"YHXBB xodimlarining aniqlashlaricha, Toyota Crown rusumli transport vositasini boshqargan 16 yoshli haydovchi uylar orasidagi tor hovlida boshqaruvni uddalay olmay, yo‘l chetlariga qoldirilgan 8 mashina bilan YTH sodir etgan. Hodisa oqibatida jabrlanganlar yo‘q. 11 dona avtomobilga talofat yetkazilgan", - deyiladi xabarda.
O‘tkazilgan ekspertizaning ko‘rsatishicha, o‘smir bu vaqtda mast bo‘lgan. u boshqargan avtomobil esa 1991 yilda tug‘ilgan do‘stiga tegishli bo‘lgan.
"Politsiya to‘plagan hujjatlar voyaga yetmaganlar bo‘yicha komissiyaga yuboriladi. Ular qoidabuzar va unin ota-onasiga ta'si ko‘rish choralari xususida qaror chiqaradi. O‘smirning ota-onasi, shuningdek, talofat yetkazilgan avtomashinalar egalariga yetkazilgan zararni qoplab berishlari kerak", - deb aniqlik kiritgan IIVBda.
Mavzuga oid
18:11 / 12.06.2026
Uzbekistan Airways yonilg‘i tanqisligi tufayli O‘zbekistondan Rossiyaga ayrim parvozlarni qisqartiradi
17:21 / 12.06.2026
Rossiya–Ukraina urushida front chizig‘i: tashabbus kim tomonda?
09:35 / 12.06.2026
MAKS aviakosmik ko‘rgazmasi yana bir yilga qoldirildi
16:23 / 11.06.2026