Jahon | 14:43 / 18.04.2017
3069
1 daqiqa o‘qiladi

Komilov boshchiligidagi delegatsiya Ostonadagi ShHT TIV kengashi yig‘ilishida ishtirok etadi

O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov boshchiligidagi delegatsiya Shanxay hamkorlik tashkilotiga a'zo davlatlar Tashqi ishlar vazirlari kengashining navbatdagi yig‘ilishida ishtirok etadi. Yig‘ilish 2017 yilning 20-21 aprel kunlari Ostona shahrida bo‘lib o‘tadi. O‘zbekiston Respublikasi TIV shu haqida ma'lum qildi

Vazirlar Ostona shahrida bo‘ladigan ShHT Sammitiga va Qozog‘iston raisligi doirasidagi boshqa tadbirlarga tayyorgarlik ko‘rish jarayoni bilan bog‘liq masalalarni muhokama qilishadi.

Tashrif doirasida O‘zbekiston delegatsiyasining Ostona shahrida ikki tomonlama uchrashuvlar o‘tkazishi ham rejalashtirilgan.

Лола Раҳманбаева
Tayyorlagan Лола Раҳманбаева
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid