Jahon | 08:22 / 18.04.2017
5604
1 daqiqa o‘qiladi

Turkmaniston prezidenti Qozog‘istonga keladi. Xavfsizlik va iqtisodiyot muhokama qilinadi

Foto:RIA

Turkmaniston prezidenti Gurbanguli Berdimuxamedov yakshanba kuni ikki kunlik davlat tashrifi bilan Qozog‘istonga keladi. Bu haqda Turkmaniston TIV xabar berdi.

Gurbanguli Berdimuxamedov Qozog‘iston rahbari Nursulton Nazarboyev bilan ikki tomonlama savdo-iqtisodiy va madaniy-gumanitar hamkorlikni rivojlantirishga oid masalalarni muhokama qiladi. Shuningdek, Turkmaniston va Qozog‘iston rahbarlari mintaqada va dunyoda tinchlik, barqarorlik va xavfsizlikni mustahkamlash bo‘yicha fikr almashadilar.

Turman-qozoq oliy darajadagi muzokaralari yakuni bo‘yicha ikki tomonlama hujjatlar to‘plami imzolanishi kutilmoqda hamda ular ikki davlat o‘rtasidagi sheriklikni kengaytirishga xizmat qiladi.

Ma'lumot uchun, Gurbanguli Berdimuxamedov va Nursulton Nazarboyev so‘nggi bor keng ko‘lamli ikki tomonlama muzokaralarni 2014 yilning dekabrida, Qozog‘iston yetakchisining Turkmanistonga tashrifi davomida muhokama qilishgandi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid