O‘zbekiston | 14:21 / 18.04.2017
3511
1 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekistonga Ummon TIV delegatsiyasi tashrif buyuradi

2017 yilning 19 aprel kuni O‘zbekistonga Ummon Sultonligi Tashqi ishlar vazirligi bosh kotibi Badr bin Hamad al-Busaidiy boshchiligidagi delegatsiya keladi. Bu haqida O‘zbekiston tashqi ishlar vazirligining rasmiy  saytida xabar berildi

Uch kunlik tashrif davomida Ummon delegatsiyasi O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov tomonidan qabul qilinadi hamda vazirliklararo siyosiy maslahatlashuvlarning navbatdagi raundida ishtirok etadi. 

Shuningdek Oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligi, Tashqi savdo vazirligida ham muzokaralar o‘tkazish rejalashtirilgan.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid