Gazli içimliklar va meva şarbatlarining doimiy iste'moli xotiraning susayişi hamda miya hajmining kiçrayişiga sabab bölişi mumkin. Alzheimer's & Dementia jurnalida çop etilgan maqolada olimlar şu haqida ma'lum qilişdi. 

"Biz şirin içimliklarning köp iste'mol qilinişi hamda miya atrofiyasi örtasida boğliqlik borligi, xususan miya hajmining kiçrayişi va xotiraning susayişini aniqladik. Boz ustiga, miya tomirlari faoliyatida tösiqlar paydo böliş hamda falaj xavfi, şuningdek keksalikda  aqlning zaiflaşuvi ehtimoli uç karra oşadi", - deydi Boston (AQŞ) universiteti olimi Mettyu Peyz. 

Sönggi yillarda olimlar va şifokor-parhezşunoslar şirin içimliklarning soğliqqa ta'sirini jiddiy muhokama qilişmoqda. Yaqinda Bostondagi Tafts universiteti tadqiqotçilari gazli içimliklar iste'moli diabet va şu kabi salbiy asoratlardan bir yilda  taxminan 184 ming kişining hayotdan köz yumişiga sabab bölişini ma'lum qilişgan edi. Ularning aksariyat qismi AQŞ, Meksika va Lotin Amerikasiga töğri keladi. 

Peyz va uning hamkasblari şirin içimliklar nafaqat metabolizmga, balki aql salohiyatiga ham salbiy ta'sir körsatişini ma'lum qilişgan. Ular FHS loyihasi doirasida ötgan asrning örtalaridan Fremingxem şahridagi 4 ming amerikalikning miya faoliyati, yurak va qon tomirlari salomatligini örganib, şunday xulosaga kelişdi.

Olimlar 10 yil davomida tadqiqot iştirokçilarining IQ darajasi va boşqa intellektual körsatkiçlari qanday özgarganini magnit-rezonans tomografi yordamida örganib borişgan hamda uşbu ma'lumotlarni FHS iştirokçilari parhezi haqida bilganlari bilan soliştirib, ular orasidagi boğliqlikni aniqlaşga harakat qilişgan. 

Ma'lum bölişiça, kuniga 1-2 porsiyadan ortiq gazli içimlik, mevali şarbatlar iste'moli miya faoliyatida bir qator kamçiliklarni keltirib çiqarar ekan - keksalikda aqlning zaiflaşuvi, falaj xavfi hamda xotira bilan boğliq muammolar şular jumlasidandir. 

Bunday kişilarda miya hajmi örtaça 1 foizga kiçik bölgan, gippokamp, xotira markazi hajmi esa 2 foizga qisqargan.