Vengriya parlamenti, tanqidçilar fikriça, boş vazir Viktor Orban muxoliflarining ovozini bostirişga qaratilgan «çet el ta’siri»ni jilovlaş böyiça çora-tadbirlar töplamini qabul qildi. Qonun 12 dekabr kuni keçki payt boş vazir Viktor Orbanning hukmron «FIDeS-Vengriya fuqarolik ittifoqi» partiyasi yetakçilik qiladigan Davlat majlisi deputatlarining mutlaq köpçiligi tomonidan qabul qilindi.
Boşqa narsalar qatori, qonunda çet eldan mablağ olgan har qanday saylovlardagi nomzod uçun uç yilgaça qamoq jazosi nazarda tutilgan. Saylov jarayoniga «çet el ta’siri»ning oldini oliş maqsadida «saylovçilar xohiş-irodasiga ta’sir körsatiş maqsadida xorijdan pul olgan taşkilotlarni aniqlaşi va tekşirişi» lozim bölgan nazorat organi taşkil etilmoqda. Suverenitetni himoya qiliş böyiça yangi idoraga tekşiruvlar ötkaziş böyiça keng vakolatlar beriladi va uning rahbari lavozimiga nomzod prezident tomonidan tasdiqlaş uçun boş vazir tomonidan taqdim etiladi.
Jinoyat kodeksi va mamlakat konstitutsiyasiga tegişli tuzatişlar kiritildi, deb xabar bermoqda MTI Vengriya davlat axborot agentligi.
Avvalroq Vengriyada siyosiy partiyalarni çet eldan moliyalaştiriş taqiqlangan edi. Biroq, endi taqiq, masalan, mahalliy saylovlarda nomzod körsatadigan taşkilotlarga ham tegişli.
Tanqidçilar qonundan özgaça fikrlovçilar va Orban hukumati siyosatiga qarşi bölganlarni bostiriş uçun foydalaniş mumkinligidan xavotirda.

















