“Qonunlarning ijtimoiy munosabatlarni tartibga solişdagi rolini hamda norma ijodkorligi jarayoni sifatini yanada oşiriş böyiça qöşimça çora-tadbirlar töğrisida”gi prezident qarori qabul qilindi.

2024 yil 1 martdan:

  • qonun loyihasidagi havolaki normalarni amalga oşirişning aniq muddatlari va mas’ul ijroçilari loyihaning özida majburiy tartibda belgilanadi;
  • tegişli sohani tartibga soluvçi qonun loyihasini tayyorlaşda uşbu sohadagi qonunosti hujjatlari bilan tartibga solingan munosabatlarni qonun darajasiga kötariş imkoniyatini muhokama qiliş şartligi belgilanadi va bu haqda qonun loyihasining tuşuntiriş xatida körsatiladi;
  • qonun kuçga kirgan kundan boşlab 5 yil ötib, mas’ul davlat organi va Oliy Majlis palatalarining qömitalari tomonidan qonunning samaradorligini, maqsadi va kutilgan natijalariga erişilganligini aniqlaş uçun uning tartibga soliş ta’sirini baholaş amaliyoti joriy etiladi.
  • Şuningdek, eng muhim iqtisodiy va ijtimoiy-siyosiy ahamiyatga ega normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini işlab çiqişdan oldin ularning tayyorlanişi haqidagi axborot normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portaliga joylaştiriladi hamda dastlab jamoatçilikning taklif va tavsiyalari olinib, ular asosida tegişli loyihalar işlab çiqiladi.

Normativ-huquqiy hujjatni kuçini yöqotgan deb topiş böyiça loyiha işlab çiqilganda, uning asosida qabul qilingan quyi turuvçi normativ-huquqiy hujjatlar xatlovdan ötkazilib, ularni ham öz kuçini yöqotgan deb topiş masalasi körib çiqiladi.