Har safar telefonni qölga olayotganda “atigi beş daqiqa foydalanaman” deb maqsad qöyasiz. Ammo gadjetga termilib, yarim, hatto bir soatni qanday ötkazib yuborganingizni sezmay qolasiz. Mazkur holat odatiy çalğiş emas, bu – miyangiz uçun mohirona işlab çiqilgan psixologik va texnologik tuzoq. Ijtimoiy tarmoqlar “çeksiz aylantiriş”, “avtomatik boşlaniş” va şaxsiylaştirilgan tavsiyalar orqali sizni virtual dunyoda uzoqroq uşlab qoladi. Har safar yangi post yoki video körganingizda miyangiz “yana bir marta” degan mukofot signalini oladi. Natijada ekrandan uzoqlaşgingiz kelmaydi va tarmoqdagi kontentlarni qança uzoq tomoşa qilsangiz ham zerikmaysiz.
Onlayn platformalar köngiloçar maydon va axborot oliş vositasi bölişdan taşqari, ulkan biznes industriyaga ham aylandi. Mazkur platformalarning asosiy maqsadlaridan biri foydalanuvçilarni iloji boriça köproq vaqt davomida uşlab qolişdir.
Buning uçun ijtimoiy media kompaniyalari nevrologiya, psixologiya va sun’iy intellekt tadqiqotlaridan foydalangan holda, diqqatni boşqaradigan kuçli algoritmlar va dizayn mexanizmlarini işlab çiqmoqda:
- “Infinite scrool” (çeksiz aylantiriş): foydalanuvçi ekranni pastga siljitgani sari yangidan yangi kontent çiqib kelaveradi va bu oqim tugamaydi, çeksiz davom etadi. Bu – miyaga “keyingi post qiziqroq bölişi mumkin” degan kutiş hissini beradi. Natijada odam ekran oldida reja qilganidan ança köproq vaqt ötkazadi.
- “Autoplay” (avtomatik boşlaniş): video tugaşi bilan keyingisi avtomatik tarzda boşlanadi. Bir videoni körib bölgan odam tanaffus qilişga ulgurmasdanoq keyingi kontentga şönğiydi, yangi video tanlaş haqida öylamaydi. Bu esa “yana bir marta köray” degan odatni şakllantiradi. Mazkur mexanizmlar insonni doimiy ravişda yangilik izlaşga majbur qiladi va e’tiborni jamlaş qobiliyatini zaiflaştirib, telefonga qaramlikni oşiradi.
- Kontentni şaxsiylaştiriş: ijtimoiy tarmoqlarga integratsiya qilingan sun’iy intellekt algoritmlari foydalanuvçining harakatlarini kuzatib, uning qiziqişiga mos kontentni körsatadi, uşbu algoritm odamni platformaga yanada boğlab qöyadi.
Ijtimoiy tarmoqqa mukkasidan ketiş nafaqat ruhiy, balki jismoniy salomatlikka ham jiddiy zarar yetkazadi. Doimiy bildirişnomalar va “yangiliklarni ötkazib yuboriş qörquvi” (FOMO) asab tizimini zöriqtirib, insonda stress va taşviş hissini kuçaytiradi. Boşqalarning “ideal” hayotini kuzatiş esa özini ularga soliştirişga, natijada özidan norozilik va tuşkunlik holatlarining ortişiga olib keladi. Çeksiz kontent oqimi miyani tez-tez çalğitib, bir işga uzoq e’tibor qaratiş qobiliyatini pasaytiradi.

















