Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Fransiyadagi saylov. Ikkinchi turga o‘tgan nomzodlar ma'lum
Fransiya prezidentligi saylovida sobiq iqtisodiyot vaziri Emmanyuel Makron va «Milliy front» partiyasi yetakchisi Marin Le Pen ikkinchi turda ishtirok etadi. Ekzit-pollar natijalari RTBF telekanalida e'lon qilindi.
So‘rovlar natijalariga ko‘ra, Makron 24 foiz ovoz olgan, Le Pen esa — 22 foiz.
«Respublikachilar» partiyasi vakili Fransua Fiyon 20,5 foiz, yana bir nomzod Jan-Lyuk Melanshon esa 18 foiz ovoz olgan.
Bundan avvalgi xabarlarda Fransiyaning dengiz orti hududlaridagi ovoz berishlar natijalariga ko‘ra Jan-Lyuk Melanshon yetakchilik qilgani aytilgandi.
Ikkinchi tur 7 may kuni bo‘lib o‘tadi.
Mavzuga oid
14:45 / 14.01.2026
Le Pen apellyatsiyasi: prezidentlik saylovi masalasi sudda hal bo‘ladi
14:10 / 07.04.2025
Parijda Marin Le Penni qo‘llab-quvvatlash namoyishi bo‘lib o‘tdi
07:54 / 02.04.2025
Fransiyada ultrao‘ng siyosatchilar ommaviy norozilik namoyishlar o‘tkazmoqchi
18:22 / 01.04.2025