08:01 / 23.04.2017
8620

Oliy liga. «Neftchi» ilk g‘alabasiga erishdi, «Nasaf» yuqoriga ko‘tarildi

Oliy liganing 7-turidan o‘rin olgan yana to‘rtta uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Unda «Nasaf» «Obod»ni qabul qilgan bo‘lsa, «Neftchi» Jizzaxda «So‘g‘diyona» mehmoni bo‘ldi.

O‘z stadionini ta'mirdan chiqarayotgan «Nasaf» G‘uzorda «Obod»ni qabul qilib, Dragan Cheranning yagona goli evaziga g‘alaba qozondi. «Neftchi»  esa «So‘g‘diyona» uyida so‘nggi daqiqalarda kiritilgan yagona gol evaziga bu mavsumdagi ilk g‘alabasini qo‘lga kiritdi. «Buxoro» - «Mash'al» va «Olmaliq» - «Qizilqum» uchrashuvlarida esa g‘olib aniqlanmadi.

G‘alabadan keyin «Nasaf» 6 o‘yinda ochkolari sonini 12taga yetkazib oldi va turnir jadvalida 5-o‘ringa ko‘tarildi. Jamoa 2-o‘rinda borayotgan «Qo‘qon»dan bitta uchrashuv kam o‘tkazgan holda, ikki ochko kam jamg‘argan. «Mash'al» 11 ochko bilan6, «Buxoro» 10 ochko bilan 7-pog‘onani band etib turishibdi. «Olmaliq» va «Qizilqum» bir xilda 8 ochko to‘plab 10-11 o‘rinlarni bo‘lib turibdi. «Neftchi» esa dastlabki g‘alabadan keyin bir pog‘ona yuqorilab 15-o‘ringa ko‘tarilgan.

Oliy liga, 7-tur

«Nasaf» – «Obod» 1:0 (1:0).

Gol: Dragan Cheran (48). 
«Nasaf»: Eldor Suyunov, Akmal Shorahmedov, Aziz G‘aniyev, Odil Hamrobekov, Dilshod Rahmatullayev (Bobir Abduholiqov, 46), Sharof Muhiddinov (Islom Rashidxonov, 78), Bahrom Abdurahimov, Igor Golban, Sherzod A'zamov, Farrux Sayfiyev, Dragan Cheran.
«Obod»: Azamat Ahmedov, Farhod Mirahmatov, Anvar G‘ofurov, Islom Ismoilov, Sardor Qahhorov, Sanjar To‘raqulov (Sunnatilla Ermatov, 55), Sanjar Rixsiboyev, Doniyor Hasanov, G‘ayrat Umirov, Idris Bikmaykin (Sherzod Jalilov, 70), Navro‘z Haipov (Shohruz Norxonov, 46).
Ogohlantirishlar: Anvar G‘ofurov (38), Farrux Sayfiyev (42), Sanjar To‘raqulov (44), Dragan Cheran (78), Akmal Shorahmedov (90+3). 

«So‘g‘diyona» – «Neftchi» 0:1 (0:1)

Gol: Abdurahmon Abdulhaqov (90).
«So‘g‘diyona»: Shohruh Eshbo‘tayev, Sardor Qulmatov, Azamat Isroilov, Elyor Orifov, Sunnatilla Mamadaliyev, Sanjar Rashidov (Sarvar Jo‘rayev, 84), Suhrob Qobilov, Shohruh Dostonov (Doston Abdurahmonov, 73), Ixtiyor Toshpo‘latov, Qahramon Bahodirov, Sardor Eminov.
«Neftchi»: Abdumavlon Abdujalilov, Hamza Karimov, Baxtiyor Yoqubov (Husniddin G‘ofurov, 70), Akram Bahriddinov (Saidjon Abdujabborov, 59), Abbosbek Maxstaliyev, Muzaffar Muzaffarov, Dilyorbek Ermatov, Muhsin Ubaydullayev, Abdurahmon Abdulhaqov, Otbek Isroilov (Mo‘ydin Mamazulumov, 81), Dmitriy Komarovskiy.
Chetlatish: Sardor Qulmatov (90+2, So‘g‘diyona).

«Buxoro» – «Mash'al» 2:2 (1:0).

Gollar: Vladimir Bayenko (37), San'at Shixov (54) - Zafar To‘rayev (52), Sardor Rahmonov (68).
«Buxoro»: Erkin Jabborov, Bobirjon Omonov, Kirill Pasichnik, Ivor Vayttser, Bahriddin Vahobov (Nozim Umurov, 64), San'at Shixov, Jasur Hasanov, Robbim Hasanov (Shohrux Gadoyev, 76), Ergash Ismoilov, Vladimir Bayenko, Ivan Nagayev.
«Mash'al»: Javohir Ilyosov, Iskandar Shoyqulov, Sardor Rahmonov, Sardor Abduraimov, Humoyun Murtazoyev, Shahzod Shaymanov, Abbos Shodmonov, Asiljon Begimqulov, Avaz Agaliyev, Abdulloh Olimov (Zohir Qo‘ziboyev, 75), Zafar To‘rayev (Kenja To‘rayev, 90).

«Olmaliq» – «Qizilqum» 0:0

«Olmaliq»: Xurshid Xo‘jayev, Abduqahhor Hojiakbarov, Dilshod Jo‘rayev, Shota Grigalashvili (Shohnazar Norbekov, 66), Farhod Musabekov (Zabihillio O‘rinboyev, 80), Kamoliddin Murzoyev, Shavkat Mullajonov, Islom Inomov, Rahmatilla Berdimurodov, Igor Yyelich, Vladislav Kasminin.

«Qizilqum»: Aryotm Makosin, Shukurali Po‘latov, Erkin Boydullayev, Otabek Zokirov (Jasur Hasanov, 67), Vohid Shodiyev, Fayzulla Qambarov, Azamat Allaniyazov (Bekzod G‘anijonov, 80), Artur Gevorkyan, G‘ayrat Jumayev, Sherali Jo‘rayev (Azizbek Usmonov, 90), Ilhom Yunusov.
Ogohlantirish: G‘ayrat Jumayev (17).

Mavzuga oid
Top