Özbekiston çempionatining asosiy öyinlaridan birida «Lokomotiv» Samarqandda «Dinamo» mehmoni böldi. 

Birinçi bölimda Marat Bikmayevning dubli, ikkinçi bölimda uning bir goli, şuningdek Sanjar Şoahmedov va Jaloliddin Maşaripov tomonidan kiritilgan gollarga Adnan Oraxovats birgina gol bilan javob qaytardi.

Natijada 5:1 hisobida ğalaba qozongan «Lokomotiv» oçkolari sonini 67taga yetkazib oldi va yaqin ta'qibçisi «Nasaf»ni beş oçkoga ortda qoldirib, mamlakat çempioni degan nomni ketma-ket ikkinçi marta qölga kiritdi.

Oliy liga, 29-tur

«Dinamo» – «Lokomotiv» 1:5 (1:2)
Gollar: Adnan Oraxovats (32) — Marat Bikmayev (9, 19, 86), Sanjar Şoahmedov (58), Jaloliddin Maşaripov (77).

«Dinamo»: Mixail Naumov, Mirkomil Lokayev, Akmal Bozorov, Jasur Azimov, Abdumalik Abdullaye, Şoxrux Xolmatov, Aleksey Nikolayev, Iskandar Xolmirzayev, Adnan Oraxovats, Farhod Tojiyev, Doniyor Ismoilov

«Lokomotiv»: Ignatiy Nesterov, Kaxi Maxaradze, Marat Bikmayev, Sadriddin Abdullayev, Sardor Mirzayev, Timur Kapadze (Azizbek Omonov, 70), Islom Töxtaxöjayev, Şuhrat Muhammadiyev, Oleg Zoteyev, Sanjar Şoahmedov, Jaloliddin Maşaripov.