Özbekiston çempionatining eng muhim uçraşuvlaridan biri 29-turda bölib ötdi va unda «Nasaf» öz uyida «Paxtakor»ni qabul qilib, yirik hisobda ğalaba qozondi.
Birinçi bölimning sönggi qismida avvaliga Bobur Abduholiqov jamoasini hisobda oldinga olib çiqqan bölsa, ikkinçi bölimda dastlab Dragan Çeran «Paxtakor» himoyaçisining qöliga töp tegişi natijasida belgilangan penaltini aniq amalga oşirib hisobni oşirdi. Keyinroq Lobanovning qöpol xatosidan söng Abdurahimov hisobni yirik körinişga olib keldi. Hakam tomonidan qöşib berilgan daqiqalarda esa Dragan Çeran yana bir töp kiritib, yakuniy natijani örnatdi. 4:0 — «Nasaf» çempionlikni boy bergan bölişiga qaramasdan, çempionatni ikkinçi örinda yakunlab, kelgusi yili OÇLda qatnaşiş imkoniyatini qölga kiritdi. «Nasaf» sönggi tur oldidan 62 oçkoga ega, «Paxtakor» esa 56 oçko bilan 3-örinda qolmoqda.
«Lokomotiv» esa Samarqandda «Dinamo» mehmoni böldi va şu yerda navbatdagi ğalabani tantana qildi.
Birinçi bölimda Marat Bikmayevning dubli, ikkinçi bölimda uning bir goli, şuningdek Sanjar Şoahmedov va Jaloliddin Maşaripov tomonidan kiritilgan gollarga Adnan Oraxovats birgina gol bilan javob qaytardi.
Natijada 5:1 hisobida ğalaba qozongan «Lokomotiv» oçkolari sonini 67taga yetkazib oldi va yaqin ta'qibçisi «Nasaf»ni beş oçkoga ortda qoldirib, mamlakat çempioni degan nomni ketma-ket ikkinçi marta qölga kiritdi.
29-turidan qolgan yana beşta uçraşuv ham bölib ötdi va unda asosan oldindan kutilgan hisoblar qayd etildi. «Bunyodkor» öz uyida «Buxoro»ni qabul qilib, yirik hisobda ğalaba qozongan bölsa, «Söğdiyona» öz uyida «Qöqon»ga qarşi 9 kişi bölib öynaşiga qaramay sönggi daqiqalarda kiritilgan gol evaziga ğalabani ilib ketdi. Umuman Toşkentdagi uçraşuvdan boşqa barça tört uçraşuvda ham bir xil 2:1 hisobi qayd etildi.
Oliy liga, 29-tur
«Nasaf» – «Paxtakor» 4:0 (1:0)
Gollar: Bobir Abduxoliqov (43), Dragan Çeran (58, penalti, 90+1), Bahrom Abdurahimov (77).
«Nasaf»: Sanjar Quvvatov, Akmal Şorahmedov, Azizjon Ğaniyev (Dilşod Rahmatullayev, 89), Odiljon Hamrobekov, Bahrom Abdurahimov, Igor Golban, Farrux Sayfiyev, Bobir Abduxoliqov (Islom Kenjaboyev, 63), Dragan Çeran, Jasur Hasanov (Maqsud Karimov, 79), Umar Eşmurodov.
«Paxtakor»: Aleksandr Lobanov, Vladimir Kozak, Marko Simiç (Şerzod A'zamov, 77), Kamoliddin Tojiyev, Hojiakbar Alijonov, Rostin Griffits, Jamşid Iskanderov, Tiago Bezerra, Şerzod Karimov (Jasur Yaxşiboyev, 59), Gidi Kanyuk (Suhrob Nurulloyev, 59), Igor Sergeyev.












