Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
A Seriya. "Yuventus" "Jyenoa" ustidan yirik g‘alabaga erishdi
Italiya chempionatining 33-turida "Yuventus" o‘z uyida "Jyenoa"ni qabul qilib yirik 4:0 hisobidagi g‘alabaga erishdi.
O‘yinning 17-daqiqasida mehmonlar futbolchisi Munos o‘z darvozasiga gol kiritib, hisobni ochgan bo‘lsa, oradan bir daqiqa o‘tib, Dibala hisobdagi farqni 2taga yetkazdi. 41-daqiqada Manjukich turinliklarning 3-goliga mualliflik qildi. Bonuchchi esa 64-daqiqada uchrashuvdagi yakuniy golni kiritdi.
Yuventus – Jyenoa 4:0
Gollar: 1:0 – 17, avtogol Munos, 2:0 – 18 Dibala, 3:0 – 41 Mandjukich, 4:0 – 64 Bonuchchi.
Yuventus – Neto, Bardzali, Bonuchchi, Benatiya, Lixtshtayner, Markizio (Mandragora, 86), Xedira (Rinkon, 69), Asamoa, Dibala, Manjukich (Sturaro, 82), Higuain.
Jyenoa – Lamanna, Munos, Burdisso (Biraski, 67), Xentiletti, Lazovich (Xilemark, 87), Velozu, Kataldi, Laksalt (Begetto, 48), Ntcham, Simeone, Palladino.
Ogohlantirish: Burdisso (34).
Mavzuga oid
12:15 / 02.07.2025
«Real»da yangi yulduz porlashda davom etmoqda, Ramos uyga qaytdi
12:27 / 19.06.2025
Alonso «Real»da durang bilan boshladi, «Siti»da oson g‘alaba
14:28 / 28.10.2024
«Arsenal» jarohatlar girdobida, Italiya derbisida yangi yulduz porladi. Kun o‘yinlari
17:00 / 19.10.2024