Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Afrikada 2018 yilda bezgakdan ilk vaksina sinovdan o‘tkaziladi
2018 yilda Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti Afrikaning Gana, Keniya va Malavi davlatlarida bezgakdan (malyariya) dunyodagi ilk vaksinani sinovdan o‘tkazmoqchi. Vaktsinani 4 marta: uchta dastlabkisini har oy va 4-vaksinani 18 oydan keyin kiritish kerak bo‘ladi.
Vaktsina laboratoriya sharoitlarida muvaffaqiyatli sinovdan o‘tkazilgan bo‘lsa-da, real sharoitlarda uning qo‘llanishi qanday natija berishi noma'lum. Shuning uchun vaksina avval bir nechta davlat aholisidagina sinaladi, bu emlashning xavfsizligi va samaradorligi haqida xulosalar chiqarishga va keyingi harakatlar tartibini o‘ylab chiqishga imkon beradi.
Dastlabki sinovda 5-17 oylik 750 mingdan ko‘proq bola ishtirok etadi. Ulardan yarmi emlanadi, ikkinchi yarmi nazorat guruhi sifatida ishtirok etadi. Vaktsina evaziga bu yosh guruhida 10 ta bezgak holatidan 4 tasining oldini olish, og‘ir holatlar miqdorini 30 foizga kamaytirish va yotib davolanish yoki qon quyish talab etiladigan bolalar sonini kamaytirish rejalashtirilmoqda.
Mavzuga oid
08:35
Transakva: Afrika xaritasini o‘zgartirishi mumkin bo‘lgan megaloyiha
08:43 / 11.06.2026
Jahon neft savdosi markazi Osiyoga ko‘chmoqda
18:32 / 08.06.2026
Sun’iy intellekt yaratgan vaksina odamlarda muvaffaqiyatli sinab ko‘rildi
08:17 / 25.05.2026