Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Parij markazida norozilik namoyishlari bo‘lib o‘tmoqda
Parij markazidagi Bastiliya maydonida mamlakatda o‘tgan prezidentlik saylovlarining ilk natijalari e'lon qilingandan keyin norozilik marshi boshlandi, deb xabar bermoqda RIA “Novosti” axborot agentligi muxbiri.
Politsiya yon atrofdagi ko‘chalarni to‘sib qo‘ygani sababli maydonga yig‘ilganlar maydon markazidagi ustun atrofida aylana bo‘ylab yurishni boshlaganlar.
Saylovlarga qarshi ommaviy namoyish Bastiliya maydonida mahalliy vaqt bilan 18.00da boshlanishi kutilgandi. Maydonda bir necha yuz odam yig‘ilib, fayyerlar yoqila boshlangan.
22 aprelda shu maydonda o‘tgan namoyishga 2 mingdan ko‘proq odam kelgandi. Politsiya ularni ko‘zni achishtiruvchi gaz yordamida tarqatib yuborgandi.
Politsiya bu gal ham namoyishchilarni tarqatish uchun maxsus vositalarni qo‘llashiga to‘g‘ri keldi. Bir necha namoyishchilarga qarshi to‘qmoqlar qo‘llangan.
Mavzuga oid
17:16 / 01.07.2026
«Tamerlano» operasi Parijni zabt etdi - Saida Mirziyoyeva
08:39 / 30.06.2026
Polsha razvedkasi: Rossiya mablag‘iga namoyishlar tashkil etgan guruh fosh etildi
11:00 / 10.06.2026
Parij isroillik vazirga qarshi sanksiyalar joriy qildi
15:43 / 31.05.2026