Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Shvetsiyadagi terakt bo‘yicha ikkinchi gumondor qo‘lga olindi
Shvetsiya maxsus xizmatlari Stokholmdagi teraktni sodir etish bo‘yicha ikkinchi gumondorni qo‘lga oldi. Idorada ehtimoliy terrorchining ismi oshkor etilmadi. Aftonbladet'da shu haqida ma'lumot berildi.
Mamlakatning huquqni muhofaza qilish organlari terakt sodir etish bo‘yicha gumondorni hibsga olishga asos bormi yoki yo‘q - 26 aprelga qadar hal qilishlari kerak bo‘ladi.
Bundan avvalgi ma'lumotlarga ko‘ra, Shvetsiya poytaxtidagi teraktni amalga oshirish bo‘yicha O‘zbekiston fuqarosi Rahmat Oqilov qo‘lga olingan va jinoyatchi o‘z aybiga iqror bo‘lgan. Hukumat uning IShID bilan aloqasi borligini ta'kidlagan.
7 aprel kuni Stokholm markazida yuk mashinasi yuqori tezlikda piyodalar ustiga bostirib borgan. Buning natijasida 4 kishi halok bo‘ldi, 15 nafari jarohat oldi.
Mavzuga oid
08:50 / 08.06.2026
SIPRI: dunyoda yadroviy qurollar soni yana o‘sishi mumkin
09:05 / 29.05.2026
Shvetsiya Ukrainaga Gripen qiruvchi samolyotlarini beradi
16:46 / 24.05.2026
Pokistonda terakt oqibatida 20 dan ortiq kishi halok bo‘ldi
10:03 / 13.05.2026