AQŞning sobiq prezidenti Barak Obama 24 aprel kuni Donald Tramp Oq uyni egallaganidan söng ilk marta omma oldida çiqiş qildi. Obama Çikago universiteti yoşlari bilan uçraşdi. 

Çikago universitetining majlislar zalida demokrat Obamani 6 nafar siyosiy faol talaba, zal töla tomoşabin va jurnalistlar kutib turgan edi. 

Obama va majlisga taklif etilgan talabalar qulay örindiqlarga ötirib, AQŞdagi hozirgi siyosiy vaziyat hamda mamlakat istiqboli haqida fikr almaşişdi. 

Obama özining kiriş sözidayoq maqsadga öta qoldi. U kelgusida nima bilan şuğullanmoqçi ekanini aytdi. 

«Men uçun yangi iş joyimda eng muhim bölgan narsa nima? Işonamanki, eng muhim taşabbuslardan qat'i nazar, men eng asosiy narsani hal qilişni istayman, u ham bölsa, dunyoni mustaqil ravişda özgartira oladigan yangi avlod yetakçilarini yetiştirişdir», — degan sobiq prezident. 

Şu bilan birga, Obama Donald Tramp tomonidan qabul qilinayotgan qarorlarni izohlamaslikka qaror qildi. U, şunçaki, AQŞda zudlik bilan çoralar körilişi kerak bölgan yönalişlarni sanab ötdi: iqtisodiy notenglik, öz oldiga qöyilgan maqsadlarga yetişiş uçun qöyilgan çeklovlar, sud tizimi islohoti, iqlim özgarişi va agressiv kayfiyatlarning ösişi.

«Bularning barçasi jiddiy, lekin hal qiliş mumkin, — degan Obama. — Uşbu muammolarni hal etişga xalaqit qilayotgan yoki töxtatayotgan jarayonlarni siyosiy hayot va fuqarolik jamiyatida qidiriş kerak». Uning fikriça, Amerika hokimiyati manfaatlar töqnaşuvi va şaxsiy orzu-istaklardan voz keça olmayapti. Bu esa davlatning umumiy maqsadlar yölida işlaşiga tösiq bölmoqda. 

Çikago universitetida çiqiş qilgan Obama u bilan hisoblaşiş zarur bölgan muhim şaxs ekanini namoyiş etdi. Politico jurnalining saytida olib borilgan jonli efir çoğida Obama çiqişiga 6 mingdan ortiq “yoqdi” tugmasi bosilgan bölsa, 300 mingdan ortiq kişi bevosita tomoşa qilgan. Trampning jonli efirlarini esa, ijtimoiy tarmoqlarda 100 mingdan ortiq kişi körmaydi. 

Obama, şuningdek, ijtimoiy tarmoqlar xususida keskin fikrlarini bildirdi. 

«Bu siyosat, jamiyat va OAVning birgalikdagi muammosidir. Odamlar boşqa narsani eşitişni xohlaşmaydi. Ular faqat töğri deb hisoblagan narsani tinglaşni xohlaydi, — degan sobiq prezident. — Ular esa, buning örniga, faqat Fox News yoki CNN, yoxud muşuklar olingan videoni körişadi».

Garçi, Obama bayonoti hazilomuz bölsa-da, siyosiy texnologiyalarni qabul qilişdagi fikri özgarganini bildiradi. U 10 yil muqaddam aynan internet-texnologiyalar uni prezidentlikka olib kelganini unutgan körinadi. 2008 yili aynan ijtimoiy tarmoqlar, siyosatçining saylovoldi kampaniyasida asosiy rol öynagandi. Obama Twitter va Facebook tarmoqlaridan faol foydalaniş natijasida ozodlik va adolatni ilgari surayotgan siyosiy yulduzga aylangandi.