Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ijtimoiy so‘rov: aholining deyarli yuz foizi ota-ona roziligi bo‘lajak oilaning mustahkam etishiga ishonadi
"Ijtimoiy fikr" jamoatchilik fikrini o‘rganish markazi oila va nikoh, farzand tarbiyasi, fuqarolarning ijtimoiy maqsad va intilishlariga bag‘ishlab so‘rov o‘tkazdi. Unda O‘zbekistonning barcha hududlaridan turli aholi qatlamlari vakillari ishtirok etdi. Bu haqda O‘zA xabar bermoqda.
So‘rov natijalariga ko‘ra, yigitlar 24-25, qizlar 21-23 yoshda oila qurishi maqsadga muvofiq, degan fikrdagi fuqarolar ko‘payib bormoqda. Shuningdek, yoshlar oila qurishdan avval ta'lim olishi, kasb egallashi, iqtisodiy jihatdan mustaqil bo‘lishi zarur.
Ishtirokchilarning fikricha, yoshlarning turmushga tayyorligi ularning ma'naviy yetukligi va oilasi uchun mas'uliyatni zimmasiga olishga tayyor ekani bilan belgilanadi.
So‘rov davomida aholining aksariyat qismi (99,4 foizi) ota-ona roziligi bo‘lajak oilaning baxtli va ahil bo‘lishida muhim ahamiyatga ega ekanini ta'kidlagan.
Tadqiqotda ayrim ota-onalar turli sabablar tufayli farzand tarbiyasiga yetarlicha e'tibor bermayotgani va bu masalaga mas'uliyat bilan yondashmayotgani ham ma'lum bo‘ldi. Ishtirokchilarning to‘rtdan bir qismi farzandi maktabda darsga qatnashmayotganini tan olgan va buni ularning o‘qishga qiziqishi yo‘qligi yoki oilaviy ahvoli yaxshi emasligi bilan izohlagan. Har o‘ninchi ota-ona farzandi bo‘sh vaqtini qanday o‘tkazayotgani, mobil telefondan qanday maqsadlarda foydalanayotgani bilan qiziqmaydi va bu borada bolasiga ishonishini qayd etgan.
O‘tkazilgan monitoring aholining katta qismi (90,7 foizi) oilalarning ajralishiga salbiy munosabatda ekanini ko‘rsatdi. Fuqarolar oila buzilishiga asosan yoshlarning oilaviy hayotga tayyor emasligi, ularda hayotiy tajriba yetishmasligi, bir-biri bilan murosa qila bilmasligi, kelishmovchiliklarning oldi olinmayotgani, vaqtinchalik moddiy qiyinchiliklar, er-xotinning fe'l-avtori bir-biriga mos kelmasligi sabab bo‘layotganini qayd etgan.
Mavzuga oid
10:15 / 17.06.2026
O‘zbekistonda 10 yoshdan katta aholining qariyb barchasi mobil telefon ishlatadi
23:44 / 13.06.2026
Turkiyada qo‘lga olingan xalqaro qidiruvdagi ikki shaxs O‘zbekistonga qaytarildi
12:12 / 09.06.2026
O‘zbekistonning oltin-valuta zaxiralari qisqardi
11:00 / 08.06.2026