12:27 / 25.04.2017
9268

Lavrov: “Zamonaviy siyosatda qoida degan narsaning o‘zi yo‘q”

Foto: RIA "Novosti"

Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrovning fikricha, hozirgi kunda xalqaro munosabatlardagi vaziyat “sovuq urush” paytidan ham og‘irroq ekan.

"Albatta, hozir og‘irroq... O‘sha paytda ikki imperiya: G‘arbiy va Sovetlar bor edi. Ularning har biri raqib bilan uchinchi mamlakatlar hududida mojarolar keltirib chiqarishga uringan. Biroq hech qachon o‘z chegarasi yaqinida va to‘g‘ridan-to‘g‘ri bu ish qilinmagan. Hattoki bayonotlar ham ancha yumshoqroq bo‘lgandi. O‘shanda har ikki lager belgilangan chiziqni kesib o‘tmagan. Bugungi kunda esa bunday qoidalar boshqa yo‘q", - deya vazirning so‘zlarini keltirgan Esquire jurnali.

Shu bilan birga, Rossiya tashqi siyosat idorasi rahbarining aytishicha, u va AQSh davlat kotibi Reks Tillerson munosabatlarni bir maromga keltirishning uddasidan chiqishdi, hamda uning ta'kidlashicha, barcha davlat kotiblari bilan “yaxshi munosabatlarda” bo‘lgan. Lavrovning tan olishicha, turli davlat diplomatlari bir-birlariga qarshi keskin gaplar aytishi mumkin, keyin esa ular shaxsiy mavzularda bemalol muloqotga kirisha oladi.

 

Mavzuga oid
Top