Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Olmaota metrosida bomba qo‘yilganini ma'lum qilgan kishi shaxsi aniqlandi
Olmaota politsiyasi Olmaota metrosida go‘yoki bomba qo‘yilganini ma'lum qilgan kishining shaxsini aniqladi. Bu kimsa Sarqand shahrida yashovchi balog‘atga yetmagan o‘smir bo‘lib chiqqan.
24 aprel kechki payt metroda bomba qo‘yilgani haqidagi anonim qo‘ng‘iroqdan keyin metrodan yo‘lovchilar evakuatsiya qilingan. Portlovchi qurilma aniqlanmagan.
"Ichki ishlar idoralari hamda Olmaota shahri va viloyati maxsus xizmatlarining birgalikdagi sa'y-harakatlari bilan bomba haqida ma'lum qilgan balog‘atga yetmagan o‘smir shaxsi aniqlandi. U yuqoridagi qonunga xilof harakatni bezorilik niyatida amalga oshirgan", deb aytildi xabarda.
Ichki ishlar idoralarida ma'lum qilinishicha, sudgacha tergov davomida terakt haqida yolg‘on xabar berish holati bo‘yicha buni amalga oshirgan kimsaning harakatlariga huquqiy baho beriladi va uning aybdorlik darajasi belgilanadi.
Mavzuga oid
16:30 / 10.06.2026
“Chinor” metro bekati 50 kunga yopiladi
11:19 / 20.05.2026
Metroda yurganda masofadan kelib chiqib to‘lov qilish tizimiga o‘tiladi
20:33 / 02.05.2026
Olmaotada Qozog‘istondagi ilk krematoriy ishga tushdi
11:09 / 02.05.2026