Jahon | 19:39 / 26.04.2017
11171
2 daqiqa o‘qiladi

AQSh Afg‘onistonda eng katta noyadroviy bombani tashlash rejasi haqida Rossiyani xabardor qilmagan

Foto: REUTERS

AQSh Moskvani Afg‘onistonda IShID jangarilari pozitsiyasiga eng katta noyadroviy bombani tashlash bilan bog‘liq rejalari haqida xabardor etmagan. Bu haqda Rossiya prezidentining Afg‘oniston bo‘yicha maxsus vakili, RF TIV ikkinchi Osiyo departamenti direktori Zamir Kabulov ma'lum qildi.

"Yo‘q, ular bizni bundan xabardor etishmadi", - deya aytib o‘tgan u "Interfaks" muxbirining tegishli savoliga javob qaytarib.

Shuningdek, uning ta'kidlashicha, AQSh Rossiyani Afg‘oniston bo‘yicha hamkorlikka hozircha taklif etmayapti.

13 aprel kuni AQSh Afg‘onistonda eng katta noyadroviy bombani tashladi. U IShID jangarilariga qarshi yo‘naltirilgan bo‘lgan.

Bomba IShID tomonidan hukumat kuchlariga hujum uchun tayyorgarlik vazifasini o‘taydigan mustahkamlangan yerosti tunnellar tarmog‘ini nishonga olgan. Afg‘oniston mudofaa vazirligining xabar berishicha, bomba portlashi tufayli uch tunnel buzilgan, shuningdek jangarilar qurol-yarog‘ zaxirasi yo‘q qilingan. 

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid