O‘zbekiston | 20:22 / 26.04.2017
47468
2 daqiqa o‘qiladi

Chovusho‘g‘li: O‘zbekiston - mintaqadagi barqarorlik manbai

"Do‘st va birodar O‘zbekiston - taraqqiyot beshigi, boy ma'naviy va madaniy merosga ega yurt. Strategik joylashuviga ko‘ra, O‘zbekiston mintaqadagi barqarorlik manbai hisoblanadi", - dedi Turkiya TIV rahbari Mavlud Chovusho‘g‘li hamkasbi Abdulaziz Komilov bilan kechgan uchrashuvda. "Anadolu" agentligi shu haqida xabar berdi.

Chovusho‘g‘li Anqaraning Toshkent bilan munosabatlari rivojidan manfaatdor ekani hamda ikki tomon o‘zaro hurmat va hamkorlik tamoyillariga asoslangan munosabatlarni mustahkamlashi zarurligini ta'kidladi. 

Uning so‘zlariga ko‘ra, ikki mamlakat TIVning siyosiy maslahatlashuvlari sakkizinchi raundi doirasida O‘zbekiston va Turkiya o‘rtasidagi siyosiy, savdo-iqtisodiy, investitsion, harbiy-texnika, madaniy-gumanitar va boshqa sohalardagi hamkorlik istiqbollari muhokama qilindi. 

Uchrashuvda tomonlar kun tartibidagi dolzarb muammolarni ko‘rib chiqishdi. 

Muzokaralar yakuniga ko‘ra, ikki mamlakat tashqi ishlar vazirliklari o‘rtasida 2017-2018 yillar uchun Hamkorlik dasturi imzolandi.

Лола Раҳманбаева
Tayyorlagan Лола Раҳманбаева
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid