Jahon | 16:01 / 26.04.2017
3874
2 daqiqa o‘qiladi

Yevropa ittifoqi Ukraina bilan vizasiz rejim uchun yana bir qadam tashladi

Ukraina prezidenti Pyotr Poroshenko Yevropa ittifoqi elchilari Ukrainaga vizasiz rejim taqdim etishni tasdiqlashgani haqida xabar berdi. U bu haqda Chernobilda Belarus rahbari Aleksandr Lukashenko bilan uchrashuv vaqtida ma'lum qildi, deb xabar bermoqda TASS.

«Hozirgina YeI Kengashi elchilar darajasida Ukrainaga vizasiz rejim taqdim etish borasida tarixiy qaror qabul qildi. Ukraina uchun Yevropaga eshiklar ochiq. Ayni damda YeI Kengashining vazirlar darajasida qaror qabul qilishi lozim va jarayon yakunlanadi», - deya aytib o‘tgan Poroshenko. Uning so‘zlarini 112.ua keltirdi.

YeI bilan viza rejimini liberallashtirish Kiyev tashqi siyosatining asosiy maqsadlaridan biri sanaladi. 6 aprel kuni Yevropa komissiyasining Ukraina fuqarolari uchun vizalarni bekor qilish borasidagi taklifi Yevroparlament tomonidan qo‘llab-quvvatlandi.

YePda va Yevropa ittifoqiga a'zo-davlatlar doimiy vakillarining ovoz berish jarayonidan so‘ng, qaror YeI Kengashi tomonidan tasdiqlanishi kerak.

Keyinchalik hujjat Yevroparlament prezidenti va YeIda raislik qiluvchi davlat vakili tomonidan imzolanishi lozim. Shundan so‘ng qonunchilik akti Yevropa ittifoqi rasmiy jurnalida e'lon qilinadi. Qaror u e'lon qilinganidan 20 kun o‘tib kuchga kiradi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid