Jahon | 07:24 / 26.04.2017
4695
2 daqiqa o‘qiladi

Turkiya Yevropa Ittifoqiga a'zo bo‘lishga intilishini qayta ko‘rib chiqadi

Foto: AP

Anqara Bryussel Turkiyaning Yevropa Ittifoqiga a'zo bo‘lish masalasini cho‘zayotgani sababli bu masala bo‘yicha intilishini qayta ko‘rib chiqmoqchi. Yevropaning ba'zi davlatlari esa Turkiyaga umuman adovat bilan qaraydi. Bu haqda Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an Reuters axborot agentligida chop etilgan intervyusida ma'lum qildi. 

"Agar ular samimiy bo‘lishmasa biz ortga yo‘l topishimiz kerak. Biz nima uchun bunga intilishimiz kerak? Biz 54 yildan beri muzokaralar olib bormoqdamiz" deb aytdi Erdo‘g‘an va Turkiyaning Yevropa Ittifoqida a'zo bo‘lish masalasi umumiy referendumga qo‘yilishi mumkinligini qo‘shimcha qildi. 

"Buyuk Britaniya o‘z xalqidan so‘radi va u Yevropa Ittifoqidan chiqish uchun ovoz berdi. Endi ular ishonch va bamaylixotirlik bilan yangi kelajak sari intilmoqdalar. Xuddi shunday Norvegiyada ham bo‘lgan. Endilikda bu holat Turkiyada ham yuz berishi mumkin", deb ta'kidlab o‘tdi Erdo‘g‘an va Yevropa Ittifoqi "yo‘q bo‘lib ketish yoqasida turganini" qo‘shimcha qildi.

Yevropa kengashi  parlament assambleyasi deputatlari Turkiyadagi vaziyatni monitoring qilish jarayonining qayta tiklanishi uchun ovoz berdilar. Ular 1949 yildan beri Yevropa kengashi a'zosi hisoblanmish Turkiyada inson huquqlari bilan bog‘liq vaziyatdan xavotirlanishmoqda. Bunga javoban Turkiya tashqi ishlar vazirligi Yevropa kengashi  parlament assambleyasi bilan munosabatlarning qayta ko‘rib chiqilishini ma'lum qildi. 

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid