Jahon | 17:11 / 26.04.2017
7904
2 daqiqa o‘qiladi

Ukraina energetika vaziri “DXR” va “LXR”ni suvsiz qoldirish bilan tahdid qildi

Foto: ukrafoto/vostock-photo

Ukraina sharqidagi vaziyatni hal qilish bo‘yicha uch tomonlama muloqot guruhi chorshanba kuni Minsk shahridagi yig‘ilishda Lugansk issiqlik elektr stansiyasi ishini va Donbassning Kiyev nazoratida bo‘lmagan tumanlariga suv yetkazib berishni to‘xtatish bilan bog‘liq masalalarni ko‘rib chiqadi. Bu haqda Ukraina energetika va ko‘mir sanoati vaziri Igor Nasalik jurnalistlarga ma'lum qildi.

"Bugun Minskda ko‘rib chiqiladigan masalalardan biri: biz, bir tomondan, Lugansk IESni ko‘mirning antratsitli guruhi bilan ta'minlab bera olmaymiz – nazorat ostida bo‘lmagan hududlar, yoki Rossiyadan boshqa yetkazib berish yo‘nalishlari yo‘q. Shundan so‘ng biz nazorat ostida bo‘lmagan hududlarga boruvchi suv kanalini o‘chirishimiz kerak", - deya aytib o‘tdi u.

Vazirning aniqlik kiritishicha, Lugansk issiqlik elektr stansiyasiga ko‘mir yetkazib berish faqatgina mustaqilligi tan olinmagan respublikalar yoki RF orqali o‘tuvchi temir yo‘l orqali amalga oshishi mumkin. Uning so‘zlariga ko‘ra, bu stansiyaga Ukraina portlaridan ko‘mir yetkazib berishning imkoni yo‘q.

"Bu masala hal qilinmasa... biz Lugansk IESni to‘xtatishimiz ehtimoli bor. O‘z hududimiz bo‘ylab buni Shimoliy Donetsk IES hisobidan to‘ldira olamiz, gazli ko‘mir bloklarini ishga tushiramiz, Slavyansk IESdan beramiz. Biroq u yerda buni ta'minlay olmaymiz", - deya xulosa qildi vazir.

Nasalikning xabar berishicha, nazoratda bo‘lmagan hududlarga yetkazib beriluvchi suv uchun to‘lov kelayotgani yo‘q.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid