Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Prezident Jizzax viloyatidagi Xalq qabulxonasida yaratilgan sharoitlar bilan tanishdi
Foto: O‘zA
Davlatimiz rahbari Jizzax viloyatiga tashrifi davomida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Jizzax viloyatidagi Xalq qabulxonasida bo‘ldi, deb xabar bermoqda O‘zA.
Prezident taklifi bilan 2017 yil mamlakatda Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili, deb e'lon qilindi. Xalqni eshitish, aholining talab va istaklarini ro‘yobga chiqarish davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishiga aylandi. 2016 yil 28 dekabrda Prezidentning «Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash tizimini tubdan takomillashtirishga doir chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi farmoni qabul qilindi.
Mazkur farmonga muvofiq Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar markazlari, Toshkent shahrida, shuningdek, har bir tuman va shaharda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Xalq qabulxonalari tashkil etildi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Jizzax viloyatidagi Xalq qabulxonasida ham fuqarolarning davlat organlariga murojaat qilishiga oid konstitutsiyaviy huquqlarini ta'minlash uchun barcha qulaylik yaratilgan.
Xalq qabulxonasi Jizzax shahri, Sh.Rashidov shohko‘chasi, 117- uyda joylashgan.
Mavzuga oid
10:15 / 13.01.2026
Jizzaxda maktabdan qaytayotgan o‘quvchi piyodalar yo‘lagida mashina urib ketishi oqibatida halok bo‘ldi
14:57 / 07.01.2026
“Yovvoyi to‘ng‘iz deb o‘ylabman” – Jizzaxda ovchi o‘z sherigini otib qo‘ydi
10:54 / 18.12.2025
Jizzaxda ikkita yuk mashinasi to‘qnashuvida bir kishi halok bo‘ldi
13:55 / 11.12.2025