O‘zbekiston | 16:55 / 27.04.2017
25527
2 daqiqa o‘qiladi

Jizzax qiyofasi o‘zgaradi. Shaharda 7 qavatli uylar quriladi

Prezident Jizzax shahrining bosh rejasi asosida amalga oshirilishi rejalashtirilgan bunyodkorlik loyihalari bilan tanishdi. 

«Keyingi yillarda mamlakatimizning barcha shaharlari qatori Jizzax shahrida ham keng ko‘lamli bunyodkorlik va obodonlashtirish ishlari bajarilmoqda. Zamonaviy uy-joylar, yangi yo‘l va ko‘chalar, xiyobonlar barpo etilmoqda», deyiladi O‘zA xabarida

Ma'lum qilinishicha, Temiryo‘lchilar va Toshkent ko‘chalarining me'moriy yechimi bo‘yicha loyiha shaharda temir yo‘l infratuzilmasini rivojlantirish, aholini arzon va zamonaviy uy-joylar bilan ta'minlashga qaratilgan. Loyihaga ko‘ra mazkur ko‘chalarni tutashtiruvchi 900 metrli, to‘rt polosali yana bir yo‘l quriladi. Bu transport vositalari harakatiga, temir yo‘l vokzaliga kelib-ketuvchilarga katta qulaylik yaratishi ko‘zda tutilgan. Yangi ko‘chaning ikki tomonida 5-7 qavatli zamonaviy uy-joylar bunyod etiladi. Jizzax shahrining Mustaqillik ko‘chasida ham 7 qavatli turar joylar quriladi. O‘zbekiston ko‘chasi kengaytiriladi. 

Jizzax viloyati tumanlari markazlarida bunyod etiladigan 4 qavatli arzon uy-joylar loyihasi ham taqdim etildi. 

Davlat rahbari bu ko‘cha va yangi uylar shahar qiyofasini o‘zgartirish, aholi farovonligini oshirishda muhim ahamiyatga ega ekanini ta'kidlagan. 

Азиз Қаршиев
Tayyorlagan Азиз Қаршиев
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid