Jamiyat | 16:00 / 28.04.2017
5642
3 daqiqa o‘qiladi

Andijonda 2016 yilda xo‘jalik ishi bo‘yicha tadbirkorlik sub'yektlari foydasiga 26 mlrd so‘m undirilgan

Andijon viloyat xo‘jalik sudi tomonidan 2016 yil mobaynida xususiy tadbirkorlik sub'yektlari ishtirokida jami 24614ta 541 mlrd 533 mln so‘mlik ariza va da'vo arizalari mazmunan ko‘rib chiqilgan bo‘lib, shundan 970 ta xo‘jalik ishi bo‘yicha tadbirkorlik sub'yektlari foydasiga 26 mlrd 344 mln so‘m undirish haqida sud qarorlari qabul qilingan. 
Bu haqida Andijon viloyat xo‘jalik sudi tomonidan “Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili” Davlat dasturi doirasida Andijon davlat tibbiyot istitutida o‘tkazilgan uchrashuvda ma'lumot berildi.

Tadbirda Andijon viloyat xo‘jalik sudining raisi A.Shukurullayev, xo‘jalik sudi sudyalari U.Saydaxmedov va S.Husanov tadbirkorlik faoliyatiga yaratib berilayotgan imtiyozlar, tibbiyot sohasining xususiy sektori bo‘yicha olib borilayotgan islohotlar, O‘zbekiston Respublikasi prezidentining “Aholini dori-darmon vositalari va tibbiyot buyumlari bilan ta'minlashni yanada yaxshilashga doir chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 2016 yil 31 oktabrdagi PQ-2647-sonli va “Sog‘liqni saqlash sohasida xususiy sektorni yanada rivojlantirish to‘g‘risida”gi 2017 yil 1 apreldagi PQ-2863-sonli Qarorlarining mazmun-mohiyatini o‘quvchi-yoshlarga tushuntirib berishdi.

Hujjatda mamlakat rahbariyati tomonidan farmatsevtika sanoatini rivojlantirish, aholi va davolash muassasalarini sifatli, samarasi yuqori va xavfsiz dori-darmon vositalari bilan ta'minlash, mahalliy xom ashyo, jumladan, dorivor o‘tlar asosida dori-darmon vositalari ishlab chiqarishni ko‘paytirish hisobidan farmatsevtika mahsulotlarini mahalliylashtirishni kengaytirish va chuqurlashtirish, sog‘liqni saqlash sohasida xususiy sektor tomonidan ko‘rsatilayotgan xizmat turlarini yanada kengaytirishga alohida e'tibor qaratilganligi ta'kidlab o‘tildi.

Shuningdek uchrashuvda yoshlar o‘rtasida jinoyat sodir etish holatlari huquqbuzarlikni oldini olish borasida ham fikrlar almashildi.

Tadbir so‘ngida viloyat xo‘jalik sudining raisi va sudyalari tomonidan oliy ta'lim muasssasi xodimlari va talabalari tomonidan berilgan savollarga batafsil javoblar va tushuntirishlar berildi.

Азиз Қаршиев
Tayyorlagan Азиз Қаршиев
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid