Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Xitoy AQSh pozitsiyasidan qat'i nazar Rossiya bilan do‘stlik saqlanib qolinishini ma'lum qildi
Xitoy Tashqi ishlar vazirligining Sharqiy Yevropa va Markaziy Osiyo davlatlari departamenti rahbari Guy Tsunyunning ma'lum qilishicha, Oq uyning Donald Tramp prezidentligi 100 kuni yakunlari bo‘yicha xabari – bu Amerika tomoni fikri hamda u Rossiya va Xitoy o‘rtasidagi munosabatlarga ta'sir ko‘rsatmaydi. Bu haqda RIA «Novosti» xabar bermoqda.
«Bu Amerika tomoni fikri», - deya ta'kidlab o‘tgan diplomat.
Uning qayd etishicha, Rossiya va Xitoy munosabati «ikki tomonlama sheriklik va o‘zaro harakatlarga asoslangan».
Tsunyunning qo‘shimcha qilishicha, ikki davlat munosabatlarida hamkorlik uchun juda jiddiy salohiyat bor.
«Xalqaro vaziyat qanday tomonga o‘zgarmasin, bizning rivojlanish va ikki tomonlama sheriklik hamda strategik o‘zaro hamkorlikni chuqurlashtirish bo‘yicha siyosatimiz o‘zgarmaydi», - deya qo‘shimcha qilib o‘tdi u.
Avvalroq Oq uy Donald Tramp ma'muriyatining birinchi yuz kuni yakunlarini sarhisob qilgani haqida xabar bergandik.
Mavzuga oid
09:32 / 20.06.2026
Bokuda sakkiz nafar Rossiya fuqarosi qamoq jazosiga hukm qilindi
09:02 / 20.06.2026
Netanyahu Trampga bosim o‘tkazishi mumkin - AQSh razvedkasi
22:39 / 19.06.2026
Tushunarsiz kelishuv: Tehron uni «Amerika ustidan g‘alaba» deb talqin qilmoqda
22:13 / 19.06.2026