Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
MXX 2 mln 700 ming dollarning noqonuniy olib chiqilishining oldini oldi
O‘zbekiston Respublikasi Milliy xavfsizlik xizmati respublikadan xorijiy valyutalarni noqonuniy olib chiqib ketilishining oldini olish borasida samarali ishlarni amalga oshirmoqda.
Xususan, O‘zbekiston Milliy matbuot markazida bo‘lib o‘tgan brifingda ma'lum qilinishicha, 2016 yilda 2 mln 718 ming AQSh dollari miqdoridagi naqd xorijiy valyuta chet elga noqonuniy olib chiqilishi vaqtida to‘xtatib qolingan.
Bundan tashqari, MXX Matbuot markazi katta xodimi Lola Yulchibayevaning so‘zlariga ko‘ra, 6 220 yevro, 1 mln 887 ming rubl (33 000 AQSh dollari)ning chegaradan noqonuniy tarzda olib o‘tilishiga chek qo‘yildi.
Chegara qo‘shinlari tomonidan o‘tkazilgan maxsus tadbirlardan biri 2016 yil 20 iyul kuni Namangan viloyati Chortoq tumani Qumrabod aholi punktida Qirg‘izistonga noqonuniy olib chiqib ketilayotgan 2 mln 576 ming AQSh dollari va 18ta valyuta bank kartochkasi o‘zbek chegarachilari naryadi tomonidan ushlab qolindi.
Mavzuga oid
15:37 / 25.03.2026
John Deere O‘zbekistonda qishloq xo‘jaligi texnikalari ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishi mumkin
08:35 / 22.03.2026
Eron urush va iqtisodiy inqiroz fonida rekord qiymatdagi banknotni muomalaga chiqardi
18:39 / 20.03.2026
Shavkat Mirziyoyev Shahboz Sharif bilan muloqot qildi
16:34 / 20.03.2026