08:02 / 28.04.2017
6660

Putin va Abe Rossiya-Yaponiya hamkorligini muhokama qilishdi

Foto:kommersant.ru

Rossiya prezidenti Vladimir Putin Yaponiya bosh vaziri Sindzo Abe bilan uchrashuv natijalariga ko‘ra muzokaralar sermazmun o‘tgani va ikki davlatning hamkorlik qilishga intilishini ko‘rsatganini aytdi. "Yaponiya Rossiya uchun muhim, istiqbolli hamkordir va biz birga ishlashga, ikki tomonlama munosabatlarning har qanday, hattoki eng murakkab masalalarini ham o‘zaro hurmat, tenghuquqlilik, o‘zaro manfaatlarni hisobga olgan holda hal qilishga tayyormiz", deb aytdi Putin.   

Muzokaralar davomida yetakchilar energetika sohasidagi hamkorlikni kengaytirish, jumladan Saxalin-Xokkaydo gaz quvuri va Rossiyadan Yaponiyaga elektr energiyasi yetkazib berish uchun dengiz energoko‘prigini yaratish imkoniyatini muhokama qilishdi. Putin shuningdek Rossiya yozda yaponiyalik amaldorlar va tadbirkorlar guruhining Janubiy Kuril orollariga tashrifini tashkillashtirishini ma'lum qildi. U, shuningdek, uchrashuv vaqtida orolning sobiq aholisi uchun Janubiy Kurillarga aviareys yo‘lga qo‘yilishini qo‘shimcha qildi.    

Putin va Abe Koreya yarimorolidagi vaziyatning taranglashayotganidan xavotirlarini bildirishdi va olti tomonlama muzokaralarni iloji boricha tezroq boshlashga chaqirishdi. Shuningdek, Shimoliy Koreya masalasiga ham to‘xtab o‘tildi, biroq qandaydir aniq choralar muhokama qilinmadi.   

Mavzuga oid
Top