Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ruslarning uchdan ikki qismi mehnat migrantlari oqimini cheklash tarafdori bo‘lib chiqdi
Foto: RIA "Novosti"
Rossiyaliklarning uchdan ikki qismi (67 foiz) RF hukumati mamlakatga kelayotgan mehnat migrantlari oqimini to‘xtatishga harakat qilishi kerak, degan fikrda. Ruslarning har beshinchisi esa bunga qarshi (19 foiz). Bunday xulosaga “Levada-Tsentr” ijtimoiy tadqiqotchilari kelishgan. Ular Rossiyaning 48 mintaqasida joylashgan 137 aholi punktida 17-20 fevral kunlari 1600 nafar inson o‘rtasida o‘tkazilgan so‘rov yakunlarini tahlil qilishdi.
O‘z pozitsiyasini bildirish bilan bog‘liq muammoga 13 foiz ishtirokchilar duch kelgan.
Rossiyaliklar ko‘p hollarda Shimoliy Kavkaz (41 foiz ularni salbiy qabul qiladi, 41 foiz – neytral, 9 foiz - yaxshi) va O‘rta Osiyodan (38 foiz – yomon, 48 foiz – neytral, 10 foiz - yaxshi) bo‘lgan mehnat migrantlariga murosasizlik haqida gapirishgan.
2007 va 2017 yillar oralig‘idagi davrda Ukrainadan bo‘lgan mehnat mignatlariga sovuq munosabat darajasi oshgan hamda, aksincha, Kavkazorti davlatlaridan bo‘lgan migrantlarga munosabat bir qadar yaxshilangan.
Shu tariqa, Ukrainadan kelganlarga rossiyaliklarning ayni damda 25 foizi achinadi, 52 foizi ularga murosa bilan munosabatda bo‘ladi, 19 foizi esa – yomon munosabatda. Armaniston, Gruziya, Ozarboyjondan bo‘lgan mehnat migrantlariga rossiyaliklarning 10 foizi yaxshi munosabatda, 51 foizi – neytral, 34 foizi esa – yomon munosabatda.
Rossiyaliklarning tasavvuriga ko‘ra, mehnat migrantlari odatda, “ta'lim olmagan shaxslar bo‘lib, ular faqatgina malakasiz mehnat bilan shug‘ullanishi mumkin” (32 foiz), “ko‘plab qiyinchiliklarga duch kelishgan baxtsiz kishilar” (28 foiz), shuningdek “aholining ijtimoiy yomon qatlamlaridan chiqqan shaxslar” (15 foiz).
Mavzuga oid
23:06 / 19.12.2025
Turkiya mamlakat hududiga Rossiya droni qulaganini ma’lum qildi
22:42 / 19.12.2025
Ukraina O‘rtayer dengizida birinchi marta Rossiyaning «yashirin floti» tankeriga zarba berdi
22:17 / 19.12.2025
Putin katta matbuot anjumanini o‘tkazdi va jang maydonidagi muvaffaqiyatlarni e’lon qildi
21:57 / 19.12.2025