Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston va Kuvayt tashqi ishlar vazirlari o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi
2017 yilning 27 aprel kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov mamlakatimizga tashrif buyurgan Kuvayt tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Ali Sulaymon al-Saidni qabul qildi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi ma'lum qildi.
Suhbat davomida O‘zbekiston bilan Kuvayt o‘rtasidagi munosabatlarning hozirgi holati va istiqbollari, ayrim xalqaro va mintaqaviy masalalar muhokama qilindi.
Uchrashuvda davlatlararo muloqotni konstruktiv va o‘zaro manfaatli asoslarda yanada rivojlantirish, savdo-iqtisodiy va investitsiya sohalaridagi hamkorlikni kuchaytirishga tomonlarda qiziqish mavjudligi tasdiqlandi.
O‘zbekistonga Kuvayt Davlati Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari, Tashqi ishlar vaziri shayx Sabah al-Xolid as-Sabahning bo‘lajak tashrifi, Hamkorlik bo‘yicha qo‘shma qo‘mitaning birinchi yig‘ilishi va boshqa ikki tomonlama tadbirlarni o‘tkazish muddatlari va kun tartibi yuzasidan ham fikr almashildi.
Shu kunning o‘zida Toshkent shahrida O‘zbekiston-Kuvayt vazirliklararo siyosiy maslahatlashuvlarining birinchi raundi bo‘lib o‘tdi.
Muzokaralarda Kuvayt Elchisi Ahmad Xolid al-Jiyron ishtirok etdi.
Mavzuga oid
18:32 / 15.05.2026
O‘zbekiston va Afg‘oniston bojxonachilari chegara postlaridagi muammolarni bartaraf etish bo‘yicha uchrashuv o‘tkazdi
22:20 / 09.05.2026
O‘zbekiston-Qozog‘iston chegarasida navbat yuzaga keldi
22:02 / 02.05.2026
O‘zbekiston va Qirg‘iziston “Qambarota GES-1” qurilishi bo‘yicha muzokara o‘tkazdi
17:29 / 02.05.2026