Jahon | 11:07 / 28.04.2017
5233
1 daqiqa o‘qiladi

Venetsiyada shaharga kiruvchi turistlar soni cheklanadi

Italiyaning Venetsiya shahri hukumati maxsus qurilmalar yordamida har kuni YuNeSKO Butunjahon merosi ro‘yxatidagi shaharga kiruvchi turistlar sonini hisoblab borish niyatida. 

Il Gazzettino’ning xabar berishicha, tegishli qaror shahar ijro organi – junta tomonidan 27 aprel kuni qabul qilindi. Agarda u Italiya hukumati va YuNeSKO tomonidan tasdiqlanadigan bo‘lsa, yaqin kelajakda shahardagi qator strategik nuqtalar avtomatik hisoblash qurilmalari bilan jihozlanadi. Ulardagi ma'lumot orqali esa qadimiy shaharga kirib kelayotgan sayyohlar soniga cheklov kiritiladi.

Venetsiyada yaqin orada barcha sayohatchilarga bunday qaror qabul qilinishiga nima sabab bo‘lganini tushuntirib berishmoqchi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid