Qayd etilişiça, uşbu körsatkiç ötgan yilning mos davriga nisbatan 3,7 mln nafarga yoki 46,8 foizga oşgan (ya’ni ötgan yili taxminan 8,0 mln nafar turist qayd etilgan).
Turistlar oqimida qöşni davlatlar yetakçilik qilmoqda: Qirğiziston (3,3 mln), Tojikiston (2,7 mln) va Qozoğiston (2,7 mln) hissasiga töğri keladigan uluş jami turistlarning katta qismini taşkil etgan. Umuman, top-10 davlat hissasi taxminan 95 foiz atrofida.
Turistlar soni böyiça top-10 davlatlar:
- Qirğiziston — 3,3 mln nafar;
- Tojikiston — 2,7 mln nafar;
- Qozoğiston — 2,7 mln nafar;
- Rossiya — 984,4 ming nafar;
- Afğoniston — 476,7 ming nafar;
- Turkmaniston — 370 ming nafar;
- Xitoy — 278,9 ming nafar;
- Turkiya — 174,9 ming nafar;
- Hindiston — 80,8 ming nafar;
- Koreya Respublikasi — 46,3 ming nafar.
Ahamiyatli jihati, statistikada Rossiya, Xitoy, Turkiya, Hindiston va Koreya Respublikasi kabi yirik bozorlardan taşriflar ham qayd etilgani xalqaro turistik geografiya kengayayotganini körsatadi.

















