Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Xalqaro fan olimpiadasi: O‘zbekiston vakillari medallarga ega bo‘lishdi
O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tomonidan ta'lim sohasini rivojlantirish, uni tubdan isloh qilish, chuqur bilimga ega bo‘lgan yuqori malakali kadrlarni tayyorlash, vatanparvarlik, insonparvarlik, milliy va umumbashariy qadriyatlar ruhida tarbiyalangan, ilg‘or dunyoqarashga ega, mustaqil fikrlovchi barkamol insonlarni shakllantirish ustuvor vazifa etib belgilab berilgan.
Akademik litseylar va kasb-hunar kollejlari o‘quvchilarining umumta'lim fanlari bo‘yicha Respublika olimpiadalari Vazirlar Mahkamasining 2008 yil 13 oktabrdagi «O‘zbekiston iqtidorli yoshlarini taqdirlash va moddiy rag‘batlantirish to‘g‘risida» gi 226-sonli qarori, Adliya vazirligida 2009 yil 2 iyunda 1962-son bilan davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan «Akademik litseylar, kasb-hunar kollejlari va umumta'lim maktablari o‘quvchilarining umumta'lim fanlari bo‘yicha Respublika olimpiadalarini o‘tkazish va xalqaro fan olimpiadalari ishtirokchilarini tanlash to‘g‘risida Nizom» asosida iqtidorli va qobiliyatli o‘quvchilarni aniqlash, qo‘llab-quvvatlash, noyob fazilatlarini yanada rivojlantirish, ularni rag‘batlantirish maqsadida Oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligining O‘rta maxsus, kasb-hunar ta'limi markazi tomonidan tashkil etiladi va o‘tkazildi.
2017 yil 23-29 aprel kunlari Ostona shahrida (Qozog‘iston) Kimyo fanidan o‘tkazilgan 51-xalqaro Mendeleyev olimpiadasida O‘zbekiston vakillari ham ishtirok etishdi. 18 davlatdan 111 nafar iqtidorli o‘quvchi ishtirok etgan mazkur nufuzli olimpiadada o‘zbekistonlik o‘quvchilar uchta bronza medalini qo‘lga kiritdi.
Bundan oldinroq (2017 yil 12-18 yanvar kunlari) matematika, fizika, informatika fanlaridan 18 ta davlatdan 182 nafar o‘quvchi ishtirok etgan 13-xalqaro Jautikov olimpiadasida (Olma-ota, Qozog‘iston) ishtirok etgan o‘zbekistonlik o‘quvchilar matematikadan bitta kumush, fizika va informatikadan bittadan bronza medalini qo‘lga kiritib kelgan edi.
O‘rta maxsus, kasb-hunar ta'limi markazining ma'lum qilishicha 2000-2016 yillar mobaynida O‘zbekiston terma jamoalari xalqaro fan olimpiadalarida 6 ta oltin, 31 ta kumush va 82 ta bronza medalini qo‘lga kiritgan hamda 39 nafar ishtirokchiga maxsus diplom berilgan. Shu bilan birga joriy yil rejasiga muvofiq biologiya, fizika, matematika va informatika bo‘yicha xalqaro olimpiadalarga ishtirok etish bo‘yicha tashkiliy ishlar ko‘rilmoqda.
Xalqaro olimpiadalarda g‘oliblikni qo‘lga kiritgan O‘zbekiston vakillariga amaldagi tartibga muvofiq pul mukofotlari, shuningdek, oliy ta'lim muassasalariga imtiyozli ravishda qo‘shimcha imtihonlarsiz kirish imkoniyati berilib kelinmoqda.
Mavzuga oid
12:12 / 09.06.2026
O‘zbekistonning oltin-valuta zaxiralari qisqardi
11:00 / 08.06.2026
Isroilda xavfsizlik vaziyati keskinlashishi mumkin - elchixona
09:01 / 04.06.2026
O‘zbekiston va Hongkong o‘rtasida vizasiz rejim joriy etilishi mumkin
08:33 / 04.06.2026