Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Istanbulda Eron telekanalining rahbari va uning hamkori otib ketildi
Istanbulda 29 aprel kechki payt Eronning muxolif Gem TV telekanali asoschisi va rahbari Said Karimian va uning kuvaytlik hamkori otib ketildi, deb xabar bermoqda France-Presse axborot agentligi.
Yuzida niqob bo‘lgan noma'lum kimsalar Istanbulning Maslak tumanidagi yo‘lda qurbonlarning yo‘lini to‘sgan. Bosqinchilar "jipi" jabrdiydalarning "lyuks" sinfidagi mashinasi oldiga turib olgan. Shundan keyin eronlik va uning hamrohi avtomatlardan o‘qqa tutilgan.
Karimian voqea joyida, uning hamrohi esa shifoxonaga olib ketilayotganda vafot etgan.
Turk politsiyasi voqeani tergov qilishni boshladi, kuzatuv kameralari qayd qilgan yozuvlar olingan. Politsiya bosqinchilarning mashinasini jinoyat sodir etilgan joydan 10 km cha uzoqlikda yongan holatda topgan. Taxmin qilinishicha, Karimianning o‘ldirilishi uning moliyaviy muammolari bilan bog‘langan bo‘lishi mumkin.
Karimian Buyuk Britaniya fuqarosi bo‘lib, uning kompaniyasi xorijiy ko‘rsatuvlarni va fors tilidagi teleseriallarni namoyish qiluvchi 17 telekanalni birlashtiradi. Tehron sudi Karimianni "Eronga qarshi tashviqot uyushtirishda" ayblab, sirtdan 6 yillik qamoq jazosiga mahkum qilgan. Karimianning qarindoshlari u bir necha oylar davomida Eron hukumatidan tahdidlar olgani va yaqin orada Istanbuldan Londonga qaytishni rejalashtirganini ma'lum qilishgan.
Mavzuga oid
09:32 / 20.06.2026
Bokuda sakkiz nafar Rossiya fuqarosi qamoq jazosiga hukm qilindi
08:55 / 20.06.2026
OAV: Uitkoff Eron bilan muzokaralar uchun Shveytsariyaga yo‘l oldi
22:39 / 19.06.2026
Tushunarsiz kelishuv: Tehron uni «Amerika ustidan g‘alaba» deb talqin qilmoqda
21:38 / 19.06.2026