10:01 / 30.04.2017
8058

Snouden so‘z erkinligini himoya qilishga qo‘shgan hissasi uchun mukofotlandi

Foto: nrk.no

Norvegiyaning PeN-klubi vakillari Moskvada AQSh maxsus xizmatlarining sobiq xodimi Edvard Snoudenga so‘z erkinligini himoya qilishga qo‘shgan hissasi uchun Karl fon Osetskiy nomidagi mukofotni topshirdilar.

O‘tgan yil noyabrda PeN-klub (professional yozuvchilar, shoirlar va jurnalistlarni birlashtiruvchi xalqaro huquqni himoya qilish tashkiloti) Snoudenga mukofotni taqdim qilish marosimida uning o‘zi shaxsan ishtirok eta olishiga umid qilgan holda mukofotning berilishini 2017 yil iyunigacha qoldirishga qaror qilgandi. Biroq klub ma'lumotiga ko‘ra, mukofot o‘z egasiga o‘tgan haftada topshirilgan, biroq bu haqda endigina ma'lum bo‘ldi. 

Ma'lum qilinishicha, Snoudenga mukofotni Moskvadagi mehmonxonalardan birida Norvegiya PeN-klubi boshqaruv raisi va bosh kotibi Vilyam Nyugor va Xage Nyut Nuri topshirganlar. "Men sizning va norveg PeN-markazining qo‘llab-quvvatlovi uchun minnatdorman", deb aytgan Snouden mukofotni olish vaqtida.

PeN-klub bu mukofotning Snoudenga topshirilishini 2016 yil martida e'lon qilgan. Biroq Norvegiya hukumatidan Snoudenning AQShga topshirilmasligi bo‘yicha kafolat olinmagandan keyin, PeN-klub "B reja"ni tuzgan.  

Nemis patsifisti va jurnalisti, 1935 yilgi tinchlik uchun Nobel mukofoti sovrindori Karl fon Osetskiy (1889-1938) nomidagi mukofot fikrlarni erkin bildirish sohasida xizmat ko‘rsatgan shaxslarga har yili Norvegiyada beriladi. 

Mavzuga oid
Top