Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Boks: Sanjar Tursunov ham chorak finalga chiqdi
Foto: Sports.uz
Boks bo‘yicha Osiyo chempionatida 91 kggacha bo‘lgan bokschilarning ilk juftligi g‘olibi ma'lum bo‘ldi.
Toshkentning “O‘zbekiston” sport majmuasida bo‘lib o‘tayotgan boks bo‘yicha 29-Osiyo chempionatining 91 kggacha bo‘lgan bokschilarning ilk juftligi g‘olibi ma'lum bo‘ldi.
Unda o‘zbekistonlik yana bir bokschi Sanjar Tursunov va janubiy koreyalik Kim Xyongkyu juftligi kuch sinashishdi.
Hakamlar qaroriga ko‘ra, Sanjar Tursunov 3-2 hisobida raqibidan ustun keldi.
Eslatib o‘tamiz, ushbu juftlikdan avval 75 kg vazn toifasida ringga ko‘tarilgan Isroil Madrimov falastinlik Abudabat Qosimni mag‘lub etdi.
Mavzuga oid
00:24 / 02.03.2026
O‘zbekistonlik bokschilar "Stranja-2026" musobaqasida 7 ta oltin medalni qo‘lga kiritishdi
10:01 / 22.02.2026
Bektemir Meliqo‘ziyev raqibini texnik nokautga uchratdi
09:37 / 25.01.2026
Isroil Madrimov g‘alaba bilan qaytdi
20:13 / 29.12.2025