Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Boks bo‘yicha Osiyo chempionatining 75kg vazn toifasidagi chorak final ishtirokchilari ma'lum bo‘ldi
Foto: Facebook.com/ASBC
“O‘zbekiston” sport majmuasida boks bo‘yicha kattalar o‘rtasida 29-Osiyo chempionatida 75 kg vazn toifasida ham chorak final ishtirokchilarining nomlari aniq bo‘ldi.
Ushbu vazn toifasida dastlab qozog‘istonlik Omonqul Abilxon xitoylik Ven Yinhangga qarshi jang olib bordi va g‘alaba qozondi. Endi u chorak finalda mo‘g‘ulistonlik Jargal Otgonjargal va suriyalik Azziz Abdul Mu'in juftligi bo‘lgan Abdul Mu'in bilan kuch sinashadi.
So‘nggi ikki juftlikda yaponiyalik Takashi Makoto filippinlik Marsial Eumirga qarshi, o‘zbekistonlik Isroil Madrimov falastinlik Abudabat Qosimga qarshi ringga chiqishdi.
Ushbu juftlik g‘oliblari bo‘lgan filippinlik Marsial Eumir va o‘zbekistonlik Isroil Madrimov o‘zaro kuch sinashadi.
Mavzuga oid
07:17 / 24.05.2026
Shahram G‘iyosov professional boksda ilk bor mag‘lubiyatga uchradi
20:43 / 27.04.2026
Sobiq jahon chempionlari Fyuri va Joshua jang haqida kelishib oldi
00:24 / 02.03.2026
O‘zbekistonlik bokschilar "Stranja-2026" musobaqasida 7 ta oltin medalni qo‘lga kiritishdi
10:01 / 22.02.2026