Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Istanbulda I Xalqaro choy festivali start oldi
Foto: Anadolu
Istanbuldagi Haydarposhsho vokzali tarixiy binosida I Xalqaro choy festivali bo‘lib o‘tmoqda. Bu haqida "Anadolu" agentligi xabar berdi.
Tadbir doirasida turli choy kompaniyalari vakillari bu ichimlik turlariga oid stendlar tayyorlashdi. Festival mehmonlari nafaqat shifobaxsh ichimlikning ta'mi va hididan bahramand bo‘lishi, balki o‘ziga yoqqan choy turini qo‘lga kiritishi ham mumkin.
Tadbir koordinatori Meral Manabola "Anadolu" muxbiri bilan suhbatda festivalga tayyorgarlik ishlariga taxminan bir yil vaqt ketganini ma'lum qildi.
Manbaga ko‘ra, festivalning asosiy vazifasi - xushbo‘y ichimlikning shifobaxsh xususiyatlarini targ‘ib qilish.
"Biz turk yoshlariga choyxo‘rlik madaniyatini o‘rgatmoqchimiz. Festival doirasida ma'ruzalar ham tashkil qilinadi. O‘z ishining ustalari choyning ustuvor jihatlari va foydasi haqida so‘zlab berishadi", - dedi Manabola va u mazkur tadbirning o‘tkazilishi megapolis an'anasiga aylanishiga umid bildirdi.
Mavzuga oid
15:36 / 07.04.2026
Istanbulda Isroil konsulxonasi oldida otishma ro‘y berdi
19:27 / 05.04.2026
Bosh konsulxona Turkiyada bo‘lib turgan o‘zbekistonliklarni ogohlantirdi
09:41 / 13.03.2026
Xoshimin - Istanbul reysi Samarqandda favqulodda qo‘ndi
20:34 / 09.03.2026