Sport | 12:24 / 01.05.2017
13598
1 daqiqa o‘qiladi

Murodjon Ahmadaliyev Osiyo chempionatidagi ilk chiqishida raqibini nokaut qildi

Foto: Facebook.com/ASBC

“O‘zbekiston” sport majmuasida boks bo‘yicha kattalar o‘rtasida 29-Osiyo chempionatining ikkinchi kungi janglariga start berildi. Unda birinchi bo‘lib 56 kg vazn toifasida ishtirok etayotgan hamyurtimiz, Rio-2016 bronza medali sovrindori Murodjon Ahmadaliyev ringga ko‘tarildi. U turkmanistonlik sportchi Muradov Shodlikmurod imkoniyatini sinab ko‘rdi. 

Aytish joizki, u muxlislar murabbiylari ishonchini oqladi va turkmanistonlik bokschiga qarshi jangini muddatidan avval yakunladi. O‘yinning birinchi daqiqasida 
Murodjon Shodlikmurodni dastlab nokdaunga uchratdi. Keyinroq uchrashuv hakami nokaut deb hisoblashga qaror qildi. 

Толиб Раҳматов
Tayyorlagan Толиб Раҳматов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid