Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Bugun o‘zbekistonlik 4 nafar bokschi ringga chiqadi
2 may kuni Toshkentning “O‘zbekiston” universal sport majmuasida boks bo‘yicha 29-Osiyo chempionati davom etadi. Unda jami 35ta jang o‘tkaziladi. Shulardan 4tasida O‘zbekiston terma jamoasi vakillari ringga ko‘tarilishadi.
60 kg: Elnur Abduraimov (O‘zbekiston) - Palikte Jyeyms (Filippin)
69 kg: Shahram G‘iyosov (O‘zbekiston) - Eshash Ziyod (Iordaniya)
81 kg: Bektemir Meliqo‘ziyev (O‘zbekiston) - Ziyodiy Amin (Eron)
Bu janglar 2 may kuni soat 12:00da boshlanadigan bosqichda bo‘lib o‘tadi.
18:00da boshlanadigan janglar turkumini O‘zbekistonning yana bir bokschisi, 52 kg vazn toifasida ishtirok etayotgan Jasurbek Latipov qozog‘istonlik Usenaliyev Ozodga qarshi ringga chiqish bilan boshlab beradi.
Eslatib o‘tamiz, 1 may kungi janglarda O‘zbekistonning 5 nafar bokschisi ringga ko‘tarilib, ularning barchasi raqiblarini mag‘lub etishgan edi. Murodjon Ahmadaliyev, Iqboljon Xoldorov, Hasanboy Do‘smatov, Isroil Madrimov va Sanjar Tursunovlar raqiblaridan ustun kelishdi.
Mavzuga oid
22:03 / 26.06.2026
Bokschi Usik uchta chempionlik kamaridan voz kechdi
07:17 / 24.05.2026
Shahram G‘iyosov professional boksda ilk bor mag‘lubiyatga uchradi
20:43 / 27.04.2026
Sobiq jahon chempionlari Fyuri va Joshua jang haqida kelishib oldi
00:24 / 02.03.2026