Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Boks bo‘yicha Osiyo chempionati 91 kilogrammgacha vazn toifasi chorak final ishtirokchilari ma'lum bo‘ldi

Boks bo‘yicha 29-Osiyo chempionatining 1 may kuni bo‘lib o‘tgan musobaqalarini 91 kggacha vazn toifasidagi bokschilar janggi yakunlab berdi. Ushbu toifada birinchi bo‘lib ringga ko‘tarilgan o‘zbekistonlik Sanjar Tursunov janubiy koreyalik Kim Xyongkyuni mag‘lub etib chorak finalga yo‘l oldi. U yarim final yo‘llanmasi uchun qozog‘istonlik Vasiliy Levitga qarshi ringga ko‘tariladi.
Shu bilan birga, 1 may kungi janglarda 91 kggacha vazn toifasida chorak final bahslarida ishtirok etuvchi boshqa juftliklar nomi ham ma'lum bo‘ldi.
G‘ulomiy Salar (Eron) – G‘ussin Aladdin (Suriya)
Yu Fengkay (Xitoy) – Sangvan Sumit (Hindiston)
Sanaulloh Mahmud (Pokiston) – Qurbonov Jahon (Tojikiston)
Mavzuga oid
07:17 / 24.05.2026
Shahram G‘iyosov professional boksda ilk bor mag‘lubiyatga uchradi
20:43 / 27.04.2026
Sobiq jahon chempionlari Fyuri va Joshua jang haqida kelishib oldi
00:24 / 02.03.2026
O‘zbekistonlik bokschilar "Stranja-2026" musobaqasida 7 ta oltin medalni qo‘lga kiritishdi
10:01 / 22.02.2026