Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Andijonda joriy yilning o‘tgan davrida YTH oqibatida 43 nafar shaxs vafot etdi
Andijon viloyati yo‘l harakati xavfsizligi xizmati xodimlari tomonidan yo‘llarda transport vositalari va piyodalarning harakatini nazorat qilish davomida joriy yilning o‘tgan 4 oyida jami 54 ming 677 ta qoidabuzarliklar aniqlandi. Shulardan qo‘pol turdagilari 13 ming 390 tani tashkil etgan. Bu haqda Kun.uz’ga viloyat YHXB xabar berdi.
Tadbirlar davomida 1,120 ta holatda transport vositalarini mast holda boshqarish, 2,912 ta holatda belgilangan tezlikni me'yoridan oshirish, 6,809 ta holatda odam tashish qoidalarini buzish qoidabuzarliklari aniqlandi.
Ta'kidlash joizki, joriy yilning o‘tgan davrida jami 205 ta yo‘l-transport hodisasi qayd etilib, ularda 43 nafar shaxs vafot etdi, 189 nafari turli darajada tan jarohati olib shifoxonaga yotqizildi.
Tahlillarga ko‘ra, qayd etilgan yo‘l-transport hodisalarining aksariyatini 80,0 foizini piyoda yoki velosipedchilarni urib yuborish, 15,5 foizini to‘qnashuv va 4,5 foizini boshqa holatlar tashkil etgan.
Ushbu hodisalarni kelib chiqishiga asosan, haydovchilarni belgilangan tezlikni oshirishlari hamda piyoda va velosipedchilarni yo‘l qatnov qismining chekkalarida harakatlanishlari, yo‘l harakati qoidalariga amal qilmasliklari, ota-onalarni voyaga yetmagan farzandlarini nazoratsiz qoldirishlari sabab bo‘lgan.
Mavzuga oid
13:20 / 21.05.2026
Farg‘onada voyaga yetmagan shaxs Malibu'da uchta bolani urib ketdi. Ulardan biri vafot etdi
17:11 / 19.05.2026
Andijonda qo‘lbola tarzda dori vositalari ishlab chiqarayotgan yashirin sex fosh etildi
15:05 / 19.05.2026
Piyodaning yo‘lini to‘sgan haydovchi guvohnomasidan ayrildi
18:31 / 18.05.2026