Andijonda so‘nggi to‘rt oy davomida jinoyatlar soni kamaydi
Andijon viloyat ichki ishlar boshqarmasi va uning joylardagi tizimlari tomonidan jinoyatchilikka qarshi kurash va uning oldini olish, sodir etilgan jinoyatlarni tezkorlik bilan ochishda barcha huquq tartibot idoralari hamda jamoatchilik bilan hamkorlikda olib borilayotgan ishlar o‘z natijasini bermoqda.
2017 yilning to‘rt oyi davomida profilaktik tadbirlar o‘tkazilishi natijasida barcha yo‘nalishlarda sodir etilgan jinoyatlar soni 1653 tadan 1601 taga, ya'ni 52 taga, og‘ir turdagi jinoyatlar 179 tadan 177 taga, o‘ta og‘ir turdagi jinoyatlar 74 tadan 71 taga, muqaddam sudlanganlar tomonidan sodir etilgan jinoyatlar 73 tadan 69 taga, voyaga yetmaganlar tomonidan sodir etilgan jinoyatlar 34 tadan 30 taga, ayollar tomonidan sodir etilgan jinoyatlar 203 tadan 186 taga, mast xolda sodir etilgan jinoyatlar 43 tadan 32 taga, guruhlar tarkibida sodir etilgan jinoyatlar 284 tadan 181 taga, ya'ni 103 taga, jamoat joylarida sodir etilgan jinoyatlar 63 tadan 61 taga kamayishiga erishildi.
Jumladan, og‘ir tan jarohati yetkazish, tovlamachilik transport vositasini olib qochish, giyohvandlik moddalarni noqonuniy muomalasi bilan bog‘liq jinoyatlar sodir etilishi ham ozaygan. Firibgarlik hamda bezorilik kabi jinoyatlarini ortib ketishiga yo‘l qo‘yilmadi.
Andijon viloyat ichki ishlar boshqarmasi matbuot xizmati
Mavzuga oid
10:40
Andijonda Bobur haykalini ko‘chirib, o‘rniga savdo majmuasi, ko‘ngilochar markazlar qurish rejalashtirilmoqda
21:10 / 18.11.2024
Andijonda 1800 gektar yerning toifasi o‘zgartirilib, ishlab chiqarish majmualari quriladi
11:09 / 08.11.2024
Andijonda kottejlar qurish uchun yer hujjatini rasmiylashtirib berish evaziga 230 ming dollar talab qilgan shaxs ushlandi
14:41 / 06.11.2024