Jahon | 19:37 / 04.05.2017
8287
2 daqiqa o‘qiladi

Qirg‘iziston janubida ko‘chki ostida halok bo‘lganlar jasadini qidirish to‘xtatildi

Foto:plainnews.ru

Qutqaruvchilar Qirg‘izistonning O‘sh viloyati Ayuu qishlog‘ida yuz bergan ko‘chki natijasida halok bo‘lganlar jasadini qidirish ishlarini to‘xtatishdi. Bu haqda TASS respublika FVV matbuot xizmatiga asosan xabar bergan.

"Ayni damga qadar halok bo‘lgan insonlardan 8 nafarining jasadi topildi", - deya ma'lum qilishdi idorada. Uning xodimlari so‘zlariga ko‘ra, qidiruv ishlarida hammasi bo‘lib Qirg‘iziston FVV, IIV va harbiy xizmatchilaridan iborat bo‘lgan 300 xodim ishtirok etgan.

Eslatib o‘tamiz, Ayuu qishlog‘ida kuchli ko‘chki 29 aprel kuni ertalab yuz berdi. Taxminan 200 ming kub metr tuproq qatlami ostida 11 ta bir qavatli xonadon qolib ketdi, ulardan yettitasida insonlar bo‘lgan. FVV ma'lumotiga ko‘ra, 24 kishi halok bo‘lgan deb hisoblanmoqda, ular ichida to‘qqiz nafar 14 yoshgacha bo‘lgan bola ham bor.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid