Jahon | 15:49 / 04.05.2017
7068
1 daqiqa o‘qiladi

Qirg‘izistonlik deputat ko‘chki tufayli 24 kishi halok bo‘lganida FVVni aybladi

Foto: Knews.uz

Qirg‘izistonning Ayuu qishlog‘ida yuz bergan kuchli ko‘chki tufayli 24 kishining halok bo‘lganiga mamlakat Favqulodda vaziyatlar vazirligi aybdor. Bu haqda Jo‘qorg‘i Kenesh yig‘ilishida deputat Abduvahob Nurboyev ma'lum qildi, deb xabar bermoqda Knews.uz.

Uning so‘zlariga ko‘ra, FVV aholi ko‘chishni istamasa, boshqa nimanidir o‘ylab topishi kerak.

«FVVda 1 ming nafardan ortiq xodim bor, hamda sizlar shunchaki o‘tiribsizlar. Aynan sizlar 24 kishining o‘limiga aybdorsiz», - deya ma'lum qilgan parlamentariy.

Deputat hamkasbi Muzaffar Isoqov FVVni himoya qilib chiqqan va faqatgina bir idorani ayblash noto‘g‘ri ekanini ma'lum qildi.

«Jamoaviy ish kerak. Hukumat va mahalliy boshqaruv organlari birgalikda ishlashi lozim», - deya ma'lum qildi u.

 

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid