Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qoraqalpog‘istonning ikki tumani hokimi o‘z lavozimidan ozod etildi
Foto: Kruz.uz
Seytaxov Ajiniyaz Po‘latbayevich Nukus tumaniga hokim etib tayinlandi. Bu haqda Kruz.uz xabar berdi.
A.Seytaxov bundan oldin Qoraqalpog‘iston Respublikasi tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vaziri lavozimida faoliyat yuritayotgan edi.
Shu paytgacha Nukus tumani hokimi lavozimida Seytnazarov Yergali Yerjanovich ishlab kelayotgan edi.
Xo‘jayli tumaniga ham yangi hokim tayinlandi.
Shu yilning yanvar oyida Embergenov Jyengisbay Saginbayevich Xo‘jayli tumaniga hokim etib tayinlangandi. Ma'lum qilinishicha, u lavozimidan ozod etilgan.
Xo‘jayli tumani hokimi lavozimiga Qaypov Daryabay Jaqsibayevich tayinlangan.
D.Qaypov bundan oldin Qoraqalpog‘iston Respublikasi qishloq va suv xo‘jaligi vaziri lavozimida faoliyat yuritayotgan edi.
Mavzuga oid
12:30 / 14.03.2026
Karmana tuman hokimi o‘qituvchilarni hokimlikka yig‘ib, qariyb 1 soat turg‘izib qo‘ydi
10:08 / 14.03.2026
Qashqadaryodagi “Santa-Barbara”: adolat izlagan dehqonning 7 yillik sarguzashtlari
14:08 / 02.03.2026
Ayrim hududlar aholisiga bog‘cha puli kamaytirib beriladi
09:24 / 13.02.2026