Jamiyat | 21:38 / 04.05.2017
5474
2 daqiqa o‘qiladi

Norvegiyada 3 ming yillik artefaktlar topildi

Foto: Julie Gloppe Solem

Norvegiyada ikki havaskor arxeolog metall izlovchi uskuna yordamida Nornxeym shahri yaqinidagi fermer dalasida qurollar saqlanuvchi qadimiy aslahaxonani topishga muvaffaq bo‘lishdi. Ombordan bronza asriga tegishli 30 ta artefakt olindi, boltalar, nayzalar va mis asboblar shular jumlasidandir. 

Olimlar nima sababdan bu yerda shuncha qurol saqlanganiga hozircha izoh bera olishmadi. Arxeologlarning so‘zlariga ko‘ra, kamdan-kam holatlardagina bir joydan shuncha ko‘p qurol-aslaha chiqadi. 

Foto: Julie Gloppe Solem

Havaskorlar olimlarga bu haqida xabar berishganidan keyingi qazish ishlari bilan Norvegiyaning Tabiiy va texnik fanlar universiteti professionallari shug‘ullandi, ular yana bir necha aslaha topishga muvaffaq bo‘lishdi. Barcha predmetlar eramizdan avvalgi 1100-500 yillarga taalluqli ekani ma'lum qilingan.

Olimlarning so‘zlariga ko‘ra, mazkur topilma xazinaga teng. Ular ushbu hududda 3000 yil avval odamlar yashaganini bilishgan, lekin shu kunga qadar artefakt topa olishmagandi. 

Foto: Julie Gloppe Solem
Foto: Julie Gloppe Solem

 

Лола Раҳманбаева
Tayyorlagan Лола Раҳманбаева
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid